Xususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyat

Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuborilishi kutilmoqda

Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuborilishi kutilmoqda

Rossiyada 6 ming migrant deportatsiya qilinadi, 7,7 ming kishiga esa kirish taqiqlanadi. Davlat dumasi chet elliklarni haydab chiqarish asoslarini ikki barobarga oshirmoqchi.

Rossiyada noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadbirlar natijasida 6 mingga yaqin xorijlikni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Rossiya IIV rasmiysi Irina Volkning ma’lum qilishicha, mart oyidagi tekshiruvlar davomida mingga yaqin jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va qidiruvda bo‘lgan 138 nafar shaxs qo‘lga olingan. Shuningdek, 7,7 mingdan ortiq chet el fuqarosining Rossiyaga kirishiga rasman taqiq qo‘yildi.

Reydlar davomida bozorlar, omborxonalar va sanoat zonalari kabi 130 mingdan ortiq ob’ekt nazoratdan o‘tkazildi. Operatsiyada politsiya va Federal xavfsizlik xizmatining 60 ming xodimi, shuningdek, dronlar kabi zamonaviy texnikalardan foydalanildi.

Ta’kidlash joizki, migrantlar uchun qonunchilik yanada qat’iylashishi kutilmoqda: Davlat dumasi deportatsiya uchun asos bo‘ladigan holatlarni 22 tadan 43 tagacha ko‘paytirishni rejalashtirgan. Endilikda politsiyaga bo‘ysunmaslik yoki jamoat tartibini buzish ham mamlakatdan haydab chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar

    Izoh qoldirish