В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

San’at asarlari endi rasmiy aktivga aylanadi: O‘zbekistonda yangi baholash qoidalari joriy etildi

San’at asarlari endi rasmiy aktivga aylanadi: O‘zbekistonda yangi baholash qoidalari joriy etildi

O‘zbekistonda madaniy boyliklarni baholash bo‘yicha 16-sonli standart kuchga kirdi. Endi nodir san’at asarlarini rasman baholatish va ulardan bank garovi yoki sug‘urta shartnomalarida foydalanish mumkin.

O‘zbekiston san’at va antikvariat bozori yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 16-sonli baholash standarti moddiy-madaniy boyliklarning bozor qiymatini aniqlash imkonini beradi. Endilikda tarixiy va badiiy ahamiyatga ega ashyolar nafaqat ma’naviy meros, balki iqtisodiy muomaladagi aniq qiymatga ega mulk sifatida ko‘riladi. Bu qadam mamlakatda san’at asarlari savdosining shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi tartibga muvofiq, har qanday madaniy ob’ektni baholashdan avval san’atshunos ekspertning ijobiy xulosasi olinishi shart. Shundan so‘ng qiyosiy yoki xarajat usullari orqali asarning real narxi belgilanadi. Ushbu tizimning joriy etilishi kolleksionerlar uchun keng yo‘l ochadi: nodir ashyolarni rasman sug‘urtalash, banklardan kredit olishda garov sifatida foydalanish va oldi-sotdi shartnomalarini qonuniy rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.