So‘nggi:
O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari uchun naqd pulda to‘lash tartibini tiklash rejalashtirilmoqda | Toshkentda 19 yoshli Damas haydovchisi bolani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi | Shavkat Mirziyoyev Ostonada Mintaqaviy ekologik sammitda ishtirok etmoqda | Qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasi uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi | Tramp Hormuz bo‘g‘ozi blokadasi buzilgan takdirda Eron rahbariyatini yo‘q qilish bilan tahdid qildi | O‘zbekistonda suv taqchilligi 2026-yil yozida kritik darajaga yetishi mumkin | Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik besh yilga ozodlikdan mahrum etildi | O‘zbekiston Rossiyadan 400 mln dollarlik temir yo‘l texnikasini sotib oldi | Bojxona qo‘mitasidagi kadrlar tayinlovi va O‘zbekistonning o‘nta hududida boshqarma boshliqlari o‘zgarishi | Saida Mirziyoyeva narkotahdidlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi |

O‘zbekistonga yuk tashishga bo‘lgan talab bir yilda 72 foizga oshdi

Mamlakatimiz logistika bozorida Rossiya va Belarusdan kelayotgan yuklar hajmi keskin o‘sdi. Eksport yo‘nalishida esa chegaralardagi tirbandliklar va bojxona nazorati kuchaytirilishi sababli o‘sish sur’atlari sustligicha qolmoqda.

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga yuk tashish xizmatlariga bo‘lgan qiziqish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 72 foizga yuqoriladi. ATI.SU xalqaro logistika platformasi tahliliga ko‘ra, bu ko‘rsatkichning asosiy qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda — ushbu davlatdan kelayotgan buyurtmalar soni 80 foizga ko‘paygan. Shuningdek, Belarus yo‘nalishida ham talab ikki barobarga oshgani kuzatildi.

Eksport sohasida esa o‘sish birmuncha sekinroq kechmoqda. Yillik hisobda tashqi bozorlarga yuk tashish talabi 10 foizga oshgan bo‘lsa-da, o‘tgan chorak bilan solishtirganda 36 foizlik pasayish qayd etilgan. Mutaxassislar buni tashqi cheklovlar, xususan, Rossiya va Qozog‘iston chegaralaridagi tirbandliklar hamda bojxona tartib-taomillarining murakkablashgani bilan izohlamoqda. Mazkur omillar o‘zbekistonlik eksportchilar uchun logistika jarayonini sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda.