O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Turk investorlari Imom Buxoriy majmuasini boshqarishga qiziqish bildirmoqda

Turk investorlari Imom Buxoriy majmuasini boshqarishga qiziqish bildirmoqda

Turkiyalik investorlar Samarqand viloyatida joylashgan Imom Buxoriy ziyorat majmuasini boshqarishga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Turkiya biznes forumida maʼlum qildi.

Vazir oʻz chiqishida Oʻzbekistonda ziyorat va madaniy-maʼrifiy turizm jadal rivojlanayotganini taʼkidlab, turk kompaniyalarini mehmonxona va servis infratuzilmasini rivojlantirishda strategik hamkor boʻlishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda Turkiya kompaniyalarining Oʻzbekistonga qiziqishi sezilarli darajada ortgan. Bugungi kunda respublikada 2200 dan ortiq turk kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Jamshid Qoʻchqorov ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun quyidagi istiqbolli yoʻnalishlarni taklif etdi:

  • Chorva uchun ozuqa-yem ishlab chiqarish: Turkiyaning bu boradagi ilgʻor tajribasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyatida joriy etish.

  • Bogʻdorchilik va plantatsiyalar: Qishloq xoʻjaligi yerlarini tadbirkorlarga 49 yilga ijaraga berish tartibi asosida pista, bodom plantatsiyalarini tashkil etish va sabzavotchilikni rivojlantirish.

Sўnggi olti yilda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 barobarga koʻpayib, 2025-yilda 3 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida esa bu koʻrsatkich 1 milliard dollarni tashkil etdi. Hukumat oldiga qoʻyilgan asosiy maqsad yaqin yillarda oʻzaro savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazishdir.

Bundan tashqari, Turkiyadagi boʻsh ish oʻrinlariga oʻzbekistonlik mutaxassislarni jalb qilishning amaliy mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Ikki davlat vazirliklari oʻrtasida pensiya va ijtimoiy himoya sohasida hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkent xalqaro investitsiya forumida dunyoning 100 ta mamlakatidan 9 mingga yaqin delegat, jumladan 62 ta hukumat delegatsiyasi va 2780 dan ortiq biznes yetakchilari ishtirok etmoqda.