Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

Turizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladi

Turizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladi

Xorazmda tadbirkorlar bilan uchrashuvda prezident turizmni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imtiyozlarni e’lon qildi. Mehmonxonalar uchun imtiyozli kreditlar beriladi va turavtobuslar uchun bojxona imtiyozi uzaytiriladi.

Mehmonxonalar uchun moliyaviy va soliq imtiyozlari

Xorazmda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda prezident turizm sohasidagi islohotlar natijalari aholi daromadlarida yanada ko‘proq aks etishi kerakligini ta’kidladi. Shu maqsadda mehmonxonalarni qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun 50 million dollar ajratiladi. Tadbirkorlarga milliy valyutada yillik 16 foiz stavkada 10 yil muddatga kreditlar taqdim etiladi.

3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar qurilishi uchun subsidiyalar ajratish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Subsiya olishda mehmonxonaning «yulduzlik» darajasini tasdiqlash uchun xorijiy kompaniya xulosasini talab etish tartibi bekor qilinadi. Shuningdek, mehmonxonalar uchun yer va mol-mulk soliqlarini 10 barobarga kamaytirilgan stavkada to‘lash imtiyozi 2030-yilgacha uzaytiriladi.

Turoperatorlar va eksportni qo‘llab-quvvatlash

Turoperatorlar tomonidan xorijiy turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar eksportga tenglashtiriladi va qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etiladi.

Bundan tashqari, 50 tadan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan mehmonxonalarda banklar tomonidan naqd xorijiy valyutani qabul qiluvchi bankomatlar mustaqil ravishda o‘rnatiladi.

Transport sohasidagi imtiyozlar

Sayyohlik avtobuslari, elektrobuslar va mikroavtobuslarni olib kirishda beriladigan bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi. Bunday transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi ham undirilmaydi.