So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

Toshkentda evakuatsiya va jarima maydonchasi xizmatlarining cheklangan narxlari belgilanadi

Toshkentda evakuatsiya va jarima maydonchasi xizmatlarining cheklangan narxlari belgilanadi

Poytaxtda noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobillarni evakuatsiya qilish va saqlash bo‘yicha cheklangan narxlar joriy etiladi. Tashish narxi 4 BHMdan oshmasligi belgilandi.

Toshkent shahrida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan avtomobillarni evakuatsiya qilish hamda jarima maydonchalarida saqlash xizmatlari narxini tartibga solish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Poytaxtda ushbu xizmatlar uchun ruxsat etilgan eng yuqori tariflar belgilandi.

Yangi kiritilayotgan tariflar miqdori:

  • Avtomobilni saqlash: Jarima maydonchasida saqlangan har bir sutka uchun BHMning 20 foizi miqdorida.

  • Evakuatorda tashish: Maxsus transport vositasida bosib o‘tilgan har bir kilometr uchun BHMning 20 foizi miqdorida.

  • Maksimal cheklov: Evakuatsiya qilishning umumiy narxi qancha masofa bo‘lishidan qat’i nazar 4 BHMdan (amaldagi 412 ming so‘mlik BHM bo‘yicha 1,648 mln so‘mdan) oshishi mumkin emas.

Yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi ta’kidlashicha, yagona cheklangan tariflarning belgilanishi sohadagi noaniqliklarga chek qo‘yadi, asossiz narx oshirilishining oldini oladi va haydovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovlarni shaffof shakllantirish imkonini beradi.

Shuningdek, mutasaddilar ushbu jazo choralari va moliyaviy dastaklardan ko‘zlangan asosiy maqsad poytaxt ko‘chalarida tartib o‘rnatish ekanini eslatib o‘tdi. Yangi tizim piyodalar yo‘laklari, o‘tish joylari va jamoat transporti bekatlarini noqonuniy joylashtirilgan avtomobillardan tozalash hamda yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan.