So‘nggi:
Wildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyoRossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydiSiyosatO‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerakJamiyatShavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini uch oy ichida yaxshilashni talab qildiSiyosatO‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyatToshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyat

Toshkent tumanlari iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashtiriladi

Toshkent tumanlari iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashtiriladi

Prezident poytaxt iqtisodiyotini 12 foizga o‘stirish vazifasini qo‘ydi. Endilikda Toshkentning har bir tumani o‘z drayver sohasiga ega bo‘ladi: Bektemirda kimyo, Chilonzorda farmatsevtika, Sergelida esa metallurgiya rivojlantiriladi.

Toshkent shahrida iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish maqsadida 12 ta tuman muayyan sohalarga ixtisoslashtiriladigan bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda poytaxt iqtisodiyotini joriy yilda 12 foizga oshirish choralari belgilandi. Rejaga ko‘ra, eksport hajmi 3,6 mlrd dollarga, investitsiyalar miqdori esa 9 mlrd dollarga yetkazilishi shart.

Yangi tartibga ko‘ra, Bektemir tumani kimyo sanoati, Chilonzor tumani farmatsevtika va savdo, Sergeli tumani esa metallurgiya va logistika markaziga aylanadi. Mirzo Ulug‘bek tumanida IT va ilm-fanga, Yashnobodda elektrotexnikaga, Yangihayotda esa avtomobilsozlikka asosiy urg‘u beriladi.

Poytaxt loyihalarini moliyalashtirish uchun 500 mln dollarlik yevrobondlar chiqarish rejalashtirilgan. Tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish uchun esa maxsus Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilmoqda.