So‘nggi:
O‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdiSiyosat

Sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishning korrupsiyaga qarshi yangi tartibi tasdiqlandi

Sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishning korrupsiyaga qarshi yangi tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligi sobiq davlat xizmatchilarini ular ilgari nazorat qilgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari xulosasini olish tartibini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Adliya vazirligi sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining xulosasini olish tartibini belgilovchi rasmiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Mazkur tartib “Manfaatlar to‘g‘risidagi to‘qnashuv haqida”gi Qonun ijrosini ta’minlash hamda davlat organlaridan ketgan xodimlarning keyingi faoliyatida korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida joriy etildi.

Yangi tartibga ko‘ra, agar davlat organi yoki tashkilotining sobiq xodimi ishdan bo‘shaganidan keyin ikki yil davomida o‘zi ilgari nazorat qilgan muassasa yoki korxonaga ishga joylashmoqchi bo‘lsa, ish beruvchi uning avvalgi ish joyidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasidan xulosa olishi shart. Tashkilotning kadrlar xizmati bunday nomzodni ishga qabul qilish niyatida bo‘lsa, bir ish kuni ichida tegishli so‘rovnomani o‘sha bo‘linmaga yuborishi lozim. Bunday xulosa mavjud bo‘lmaganda yoki salbiy xulosa olingan taqdirda, nomzodni ishga qabul qilish qat’iyan man etiladi.

Arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘linmasi quyidagi uchta xulosadan birini chiqaradi:

  • Ijobiy — ishga qabul qilishga to‘liq ruxsat beriladi;

  • Cheklovlar bilan ijobiy — belgilangan talablarga rioya etilgan holda mehnat shartnomasi tuzish imkoniyati mavjud;

  • Salbiy — ishga qabul qilish rad etilishi shart.

Agar xodim cheklovlar bilan ijobiy xulosa asosida ishga olingan bo‘lsa, unga nisbatan muayyan choralar qo‘llanadi. Jumladan, u uch oy davomida o‘zi ilgari nazorat qilgan tashkilot bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda ishtirok eta olmaydi. Xodimning xizmat vazifalari manfaatlar to‘qnashuvini istisno etadigan tarzda qayta taqsimlanadi va uning faoliyati korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib boriladi. Sobiq davlat xizmatchisi chiqarilgan xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu qaror yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ega.