O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qilib, uni mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi.
O‘zbekiston rahbari qabul qilingan tuzatishlar Qozog‘istonning barqaror taraqqiyoti, demokratik institutlarni mustahkamlash va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishda muhim poydevor bo‘lishini alohida ta’kidladi.
15-mart kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra, fuqarolar taklif etilgan islohotlarni keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatladilar. Ekzit-poll ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 86 foizdan ortig‘i yangi o‘zgarishlarga ovoz bergan.
Mazkur islohotlar qatorida bir palatali parlamentga o‘tish, vitse-prezident lavozimini qayta tiklash hamda davlat maslahatchisi lavozimini tugatish kabi muhim siyosiy o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan.
Muloqot yakunida davlat rahbarlari ikki tomonlama strategik sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan kelgusi qadamlarni ham muhokama qildilar.









Пока нет комментариев
Оставьте первый комментарий — поделитесь мнением или задайте вопрос.