O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmini yiliga 1 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqdaJamiyatQurilish vazirligi O‘zbekistonda minglab xavfli liftlarni aniqladiJamiyatToshkentda 720 dan ortiq noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uy aniqlandiJamiyatXorijdagi pensiyadorlar shaxsini MyID orqali masofadan tasdiqlashi mumkin bo‘ladiJamiyatNavoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadi va xarajatini oshkor qilishga majbur bo‘ladiJamiyatToshkentda kuryerni haqoratlagan Brasserie Park restorani xodimi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda davlat xizmatchilari formasiga o‘xshash kiyimlarni kiyish taqiqlanishi kutilmoqdaJamiyatBeeline egasi Perfectum’ni 207 mln dollarga sotib olmoqdaJamiyatToshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindiJamiyatO‘zbekistonda Telegram’da ovozli qo‘ng‘iroqlar nima uchun yomon ishlamoqda?Jamiyat

Senat Toshkentdagi elektro zaryad stansiyalari o‘chirilishi bo‘yicha Energetika vazirligidan izoh so‘radi

Oliy Majlis Senati Toshkentda elektromobillar uchun zaryadlash stansiyalarining o‘chirilishi masalasi yuzasidan Energetika vazirligidan rasmiy tushuntirish so‘radi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Senator Energetika vaziri nomiga so‘rov yuborib, so‘nggi paytlarda elektr transporti infratuzilmasi tez-tez elektr tarmog‘idan uzilayotgani sabablarini izohlab berishni talab qildi.

Senator so‘rovining asosiy talablari

Muammolar sababi:

Tadbirkorlar va elektromobil egalari zaryadlash stansiyalarining kutilmaganda o‘chirilishi bilan duch kelmoqda. Senat bunday choralar bo‘yicha aniq va asosli tushuntirish berilishini talab qilmoqda.

Sohani qo‘llab-quvvatlash:

So‘rovda hukumat tomonidan elektromobillar uchun zaryadlash infratuzilmasini rivojlantirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning investitsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berish ham so‘ralgan.

Kelajak rejasi:

Energetika vazirligi bunday holatlarning takrorlanishini oldini olish bo‘yicha aniq strategiya ishlab chiqishi kerak. Chunki mavjud vaziyat fuqarolar va tadbirkorlar orasida norozilik uyg‘otmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda elektromobillar bozori tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Biroq senator ta’kidlashicha, infratuzilmaning kengayishi ayrim kamchiliklar bilan kechmoqda va bu tadbirkorlar hamda oddiy foydalanuvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.