Po‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyotMaktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladiJamiyatQashqadaryoning baland tog‘li hududlarida birinchi qor yog‘diJamiyatFarg‘onada ko‘p qavatli uy erto‘lasida akulali basseyn barpo etilgani aniqlandiJamiyat

Restoran va kafelarda spirtli ichimliklar uchun naqd pulda to‘lashga yana ruxsat beriladi

Restoran va kafelarda spirtli ichimliklar uchun naqd pulda to‘lashga yana ruxsat beriladi

Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov spirtli ichimliklar uchun faqat naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etilishini xato deb atadi. Tez kunlarda tartib o‘zgaradi va mehmonxonalarda turistik yig‘imni ham naqd pulda qabul qilishga ruxsat beriladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1-aprelidan boshlab mamlakatda alkogol mahsulotlarini faqat plastik kartalar orqali sotish tartibi joriy etilgan edi. Bu esa restoran, kafe va mehmonxonalarda ovqat uchun alohida, ichimlik uchun alohida to‘lov qilish kabi noqulayliklarni keltirib chiqardi. Hozirda ushbu tartibga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjat loyihasi tayyorlangan bo‘lib, u tegishli davlat organlari bilan kelishish bosqichida turibdi. Tez orada umumiy ovqatlanish joylarida spirtli ichimliklar uchun yana naqd pulda to‘lash imkoniyati tiklanadi.

Shuningdek, muloqot davomida turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid yana bir yangilik aytib o‘tildi. Endilikda mehmonxonalarda chet ellik sayyohlar uchun qulaylik yaratish maqsadida turistik yig‘imlarni naqd pul shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi. Ushbu choralar tadbirkorlar va sayyohlar duch kelayotgan byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qilishi kutilmoqda.