So‘nggi:
O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyatNika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyatAQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkinDunyoGuliston tumanida chiyabori to‘rt kishiga hujum qildiJamiyatO‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyat

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2025-yilda 82 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2025-yilda 82 mlrd dollardan oshdi

2025-yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 18,1 mlrd dollarga o‘sib rekord o‘rnatdi. Markaziy bank eksport va investitsiyalar hajmi oshgani haqida hisobot berdi.

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra 2025-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatning umumiy tashqi qarzi rekord darajada o‘sib 82,2 mlrd dollarga yetdi. Bir yil ichida qarz miqdori 18,1 mlrd dollarga ko‘paygan bo‘lib bu O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichidir. Tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbati 55,8 foizni tashkil etmoqda. Qarz tarkibida davlat ulushi 40,5 mlrd dollarni tashkil qilsa xususiy sektor va davlat kompaniyalari ulushi 41,7 mlrd dollargacha ko‘tarildi.

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sishi tashqi savdo aylanmasida ham namoyon bo‘ldi. Eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga oshib 32,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bunga jahon bozorida oltin narxining 63 foizga va kumush narxining ikki baravarga qimmatlashgani sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga mamlakatga kirib kelgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 1,5 baravarga o‘sib 4,4 mlrd dollarga yetdi. Import hajmi esa 20 foizga o‘sgan holda 52,2 mlrd dollarni tashkil qildi.