Po‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyotMaktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladiJamiyatQashqadaryoning baland tog‘li hududlarida birinchi qor yog‘diJamiyatFarg‘onada ko‘p qavatli uy erto‘lasida akulali basseyn barpo etilgani aniqlandiJamiyat

O‘zbekistonda xorijliklarga yer ijarasi bo‘yicha cheklovlar joriy etilmoqda

Иностранцам запретят прямую аренду сельхозземель в Узбекистане

O‘zbekistonda xorijliklarga yer ijarasi bo‘yicha cheklovlar joriy etilmoqda. Yangi islohotga ko‘ra, chet elliklar auksion orqali yer ololmaydi. Mudofaa va chegara hududidagi yerlar faqat mahalliy fuqarolarga beriladi.

O‘zbekistonda yer resurslarini taqsimlash tizimi isloh qilinib, milliy manfaatlar himoyasi kuchaytirilmoqda. Endilikda xorijiy investorlar qishloq xo‘jaligi yerlari ijarasi uchun o‘tkaziladigan auksionlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnasholmaydi. Ular uchun faqat ikkilamchi ijara mexanizmi qoldirilib, kamida 10 mln dollar investitsiya kiritish va bo‘sh yotgan yerlarni o‘zlashtirish sharti qo‘yiladi.

Mudofaa, chegara, o‘rmon va madaniy meros ob’ektlari yerlari faqat O‘zbekiston fuqarolariga berilishi qat’iy belgilandi. Barcha turdagi yerlar uchun ijara muddati 49 yil etib birxillashtiriladi. Amaldagi ijara shartnomalarini uzaytirish DXM orqali onlayn tartibda amalga oshiriladi: qishloq xo‘jaligi yerlari uchun muddatni qayta auksionsiz 30 yilgacha uzaytirish imkoniyati yaratiladi.