So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarni tabrikladiJamiyatBoysundagi gaz konida yuz bergan avariya 2027-yilning birinchi yarmida to‘liq bartaraf etiladiJamiyatToshkentning Yunusobod tumanida besh yoshli qizcha hojatxona chuqurligiga tushib ketdiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda anomal issiq harorat kutilmoqdaJamiyatLukashenko Rossiya elchisidan Belarusni urushga jalb etmaslikni so‘radiDunyoO‘zbekiston dunyo maoshlar reytingida 117-o‘rinni egalladiIqtisodiyotO‘zbekistonda ko‘chmas mulkni baholashning yangi yagona metodikasi joriy etiladiJamiyatToshkentda qariyb 3 tonnaga yaqin musodara qilingan narkotik moddalar yoqib yuborildiJamiyatO‘zbekiston JCh pley-offiga chiqish imkoniyatini saqlash uchun DR Kongoni yirik hisobda yutishi shartJamiyatO‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yilga nisbatan 9 yilga uzaydiJamiyat

O‘zbekistonda Urganch va Xiva o‘rtasida ilk pullik avtomagistral qurilmoqda

O‘zbekistonda Urganch va Xiva o‘rtasida ilk pullik avtomagistral qurilmoqda

Mamlakatda birinchi pullik avtomagistral loyihasini amalga oshirish boshlandi. Yangi tezkor magistral Urganch va Xiva shaharlarini bog‘laydi hamda Xorazm viloyati ma’muriy markazi bilan hududning turistik markazi o‘rtasidagi yo‘l vaqtini sezilarli qisqartiradi.

Hozirgi kunda shaharlar orasidagi masofa 30 kilometrdan ortiq. Avtobusda safar taxminan bir soat, shaxsiy transportda esa 35–40 daqiqa davom etadi. Yangi magistral foydalanishga topshirilgach, yo‘lni taxminan 15 daqiqada bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.

Loyiha uzunligi 35 km bo‘lgan, to‘rt polosali zamonaviy avtomagistral qurilishini nazarda tutadi. Hisobiy harakat tezligi soatiga 150 km gacha etadi. Investitsiya hajmi qariyb 120 mln AQSh dollariga baholanmoqda. Qurilish ishlari ilg‘or muhandislik yechimlari va raqamli trafik nazorati tizimlari asosida olib borilmoqda.

Harakat xavfsizligi va o‘tkazuvchanlikni oshirish maqsadida intellektual boshqaruv texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan.

Xorazm viloyatining iqlim xususiyatlari inobatga olinib, yo‘l qoplamasining yuqori harorat va ob-havo o‘zgarishlariga chidamliligiga alohida e’tibor qaratilgan. Yer osti suvlari sathi yaqin joylashgani sababli loyiha doirasida drenaj tizimlari va maxsus kollektorlar ko‘zda tutilgan.

Magistral infratuzilmasi 17 ta muhandislik inshootini — ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va hayvonlar uchun o‘tish yo‘laklarini o‘z ichiga oladi. Bu atrof-muhitga ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi. Kirish joylarida avtomatlashtirilgan to‘lov punktlari o‘rnatiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi — Urganch xalqaro aeroportidan tarixiy Xivaga tezkor transferni ta’minlash va hududning turistik jozibadorligini oshirishdir. Yo‘l ishga tushirilishi biznes, mehmonxona sohasi va xizmatlar sektoriga qo‘shimcha turtki berishi kutilmoqda.

Qurilishni joriy yilning avgust oyiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.