O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

O‘zbekistonda Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tuzildi. Yangi organ moliyaviy ahvoli og‘ir tadbirkorlarni sog‘lomlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Prezidentning 6-maydagi farmoni bilan mamlakatimizda yangi davlat organi — To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Adliya vazirligi huzurida ochilayotgan ushbu muassasa to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Agentlik zimmasiga sohani tartibga solish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish orqali ortiqcha qog‘ozbozlikka barham berish kabi muhim vazifalar yuklandi.

Mazkur agentlikni tashkil etish zarurati aprel oyida Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan yangi yondashuvlar doirasida belgilangan edi. O‘shanda amaldagi tizim korxonalarni saqlab qolish o‘rniga ko‘proq ularni tugatishga qaratilgani tanqid ostiga olingandi.

Raqamlarga ko‘ra moliyaviy ahvoli og‘irlashgan 93 mingta tadbirkorning faqatgina kichik bir qismiga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlari qo‘llanilgan xolos. Endilikda yangi tashkil etilgan agentlik xalqaro tajriba asosida samarali sanatsiya mexanizmlarini joriy etish orqali qiyin ahvoldagi biznes sub’ektlarini qayta tiklashga yordam berishi ko‘zda tutilgan.