AQSh sudi Oʻzbekiston fuqarolariga immigratsion vizalar berishga qoʻyilgan taqiqni bekor qildiJamiyatOʻzbekistonda mahkumlarga onlayn xaridlarni amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev Donald Trampga anʼanaviy oʻzbek shiyponlarini sovgʻa qildiSiyosatNavoiyda mahkum xonadoshini ozodlikka chiqarish va’dasi bilan 15 ming dollar undirmoqchi bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun 15 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart Toqayevni Qurultoy saylovlari yakunlangani munosabati bilan qutladiSiyosatO‘zbekistonda OOTLardagi vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiJamiyatO‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildiJamiyatShavkat Umurzoqov sotuvga qo‘yilgan 35 ta bozor o‘z faoliyatini saqlab qolishini bildirdiJamiyat

O‘zbekistonda oldi-sotdi shartnomalari bank ma’lumotlari asosida rasmiylashtiriladi

O‘zbekistonda oldi-sotdi shartnomalari bank ma’lumotlari asosida rasmiylashtiriladi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvi tartibi joriy etildi. 2026-yil 16-mart kuni tegishli nizom Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Yangi tartibga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan avtotransport vositalari (M, N, O va G toifasidagi, jumladan maxsus avtomobillar) bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda tomonlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bank ma’lumotlari orqali tasdiqlanishi shart. Notariuslar endilikda xaridor va sotuvchi o‘rtasida pul o‘tkazilgani haqidagi bankdan kelgan elektron ma’lumot asosida shartnomani tasdiqlaydi.

Jarayon bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Avval xaridor yoki uning vakili bankka yozma yoki elektron arizasini topshiradi. Shundan so‘ng bank shartnomada kelishilgan summani eskrou-hisobvarag‘iga naqd yoki naqd pulsiz ko‘rinishda kiritadi. Agar bitim uchun kredit ajratilayotgan bo‘lsa, bank notariusga bu haqda elektron bildirishnoma yuboradi. Eskrou-hisobvarag‘i sifatida xaridorning bank kartasi, talab qilib olinguncha hisobvarag‘i yoki elektron hamyonidan foydalanish mumkin.

Shundan so‘ng tomonlar notariusga murojaat qiladi. Notarius eskrou-hisobvarag‘ida mablag‘ mavjudligini elektron tizim orqali tekshiradi va bitimni tasdiqlaydi. Shartnoma rasmiylashtirilgach, mablag‘lar sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi yoki uning so‘roviga ko‘ra naqd pulda beriladi. Ushbu mexanizm hisob-kitoblarning shaffofligini oshirish va ko‘chmas mulk hamda transport savdosida tomonlar uchun qo‘shimcha xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.