So‘nggi:
O‘zbekistonda kripto-provayderlar faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha yangi talablar joriy etildiIqtisodiyotToshkent aeroportida milliy terma jamoani kutib olish marosimi o‘tkaziladiJamiyatMalayziyada o‘limga hukm qilingan uch nafar o‘zbekistonlikning jazosi ozodlikdan mahrum etish muddatiga almashtirildiSiyosatShavkat Mirziyoyev yoshlar uchun 500 milliard so‘mlik yangi imtiyozlar paketini e’lon qildiSiyosatAQSH hukumati taqiqlangan hududlarda 400 dan ortiq dronni musodara qildiDunyoShavkat Mirziyoyev Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilarni tanqid qilmaslikka chaqirdiJamiyatPrezident Olimpiya shaharchasida million dollarlik startaplar va antidron loyihalari bilan tanishdiSiyosatO‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga jami 4,6 mln dollar atrofida mablag‘ sarflandiJamiyatBuvayda tumanida 9,5 ming dollar pora olgan ekologiya inspektori qo‘lga olindiJamiyatO‘zbekiston aholisi 39 million nafardan oshdi — aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariJamiyat

O‘zbekistonda kripto-provayderlar faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha yangi talablar joriy etildi

O‘zbekistonda kripto-provayderlar faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha yangi talablar joriy etildi

Adliya vazirligi kriptoaktivlar provayderlari uchun yangi cheklovlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Endi rahbarlarni almashtirish va ulushlarni sotish oldindan kelishiladi.

Adliya vazirligi tomonidan Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Yangi hujjat mamlakatning kripto-bozorida shaffoflikni ta’minlash hamda jinoiy daromadlarni legallashtirish xavflarining oldini olishga qaratilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan (ofshor hududlar) davlatlar rezidentlari va u yerda ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarga O‘zbekistondagi kripto-provayderlarni boshqarish taqiqlanadi.

Shuningdek, kompaniyalar ustav kapitalidagi ulushlarni sotish, rahbar, uning o‘rinbosarlari hamda ichki nazorat bo‘limi boshliqlarini almashtirishdan avval litsenziyalovchi organning roziligini olishi shart bo‘ladi. Tegishli arizalar 10 ish kuni ichida bepul ko‘rib chiqiladi.