Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyotMaktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda kattalarning faqat 4 foizi o‘monat va muddatli depozitga ega

O‘zbekistonda kattalarning faqat 4 foizi o‘monat va muddatli depozitga ega

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda kattalarning 86 foizida bank hisobi bor, ammo faqat 4 foizi muddatli depozit va omonat hisobvaraqlaridan foydalanadi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bank tizimi bilan qamrov darajasi yuqori bo‘lishiga qaramay, bevosita mablag‘ to‘plash va jamg‘arishga mo‘ljallangan maxsus mahsulotlardan foydalanish aholi orasida hali ommalashmagan.

Hisobotda moliyaviy xizmatlarning uchta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar baholandi:

  • Jamg‘arma mahsulotlari: Ommaboplik indeksi 56 ballni tashkil etib, eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

  • Kredit mahsulotlari: Ushbu yo‘nalishdagi ommaboplik indeksi 64 ballga teng bo‘ldi.

  • To‘lov xizmatlari: Aholi uchun eng qulay va ommabop yo‘nalish sifatida 69 ball bilan baholandi.

Depozit egalarining faolligi va xizmat sifati

Jamg‘arma hisobvaraqlariga ega bo‘lgan kam sonli mijozlar orasida operatsiyalar faolligi yuqori ekani kuzatilmoqda. Hisobot davrida depozit hisobvaraqlarining 66 foizi faol kategoriya sifatiga kirdi — ushbu hisoblar bo‘yicha oxirgi 12 oy davomida uchdan ortiq operatsiya bajarilgan. Natijada jamg‘arma mahsulotlaridan foydalanish indeksi 68 ballni tashkil etib, ularning ommaboplik indeksidan (56 ball) yuqori bo‘ldi.

Shuningdek, jamg‘arma mahsulotlari sifati indeksi 53 ball deb baholandi. Ushbu ko‘rsatkichga jismoniy shaxslarning yangi muddatli depozitlari bo‘yicha jozibador o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari hamda depozit xizmatlari yuzasidan e’tiroz va shikoyatlarning kamligi ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.