O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatiga oid qonun qabul qilindi

O‘zbekistonda islomiy moliya tizimiga rasman yo‘l ochildi. Yangi qonun islomiy banklarga savdo qilish va investitsiyaviy omonatlar qabul qilish huquqini berdi.

O‘zbekiston bank-moniya tizimida tub burilish yasaydigan muhim hujjat — «Islomiy bank faoliyatini joriy qilishga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun 2026-yil 27-mart kuni rasman tasdiqlandi. Markaziy bank tomonidan xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan mazkur qonun mamlakat iqtisodiyotiga islomiy moliya tamoyillarini to‘liq olib kirishga qaratilgan. Yangi normalar nafaqat Fuqarolik va Soliq kodekslarini, balki sohaga oid yana yettita qonun hujjatlarini qamrab olib, tizimning huquqiy poydevorini yaratdi.

Qonun bilan mamlakat moliyaviy lug‘atiga «islomiy bank faoliyati», «investitsiyaviy omonat» va «islomiy moliya operatsiyalari» kabi tushunchalar kiritildi. Endilikda banklar ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish uchun Markaziy bankdan alohida litsenziya olishlari shart bo‘ladi. E’tiborli jihati, an’anaviy banklardan farqli o‘laroq, islomiy banklarga bevosita savdo faoliyati bilan shug‘ullanish hamda yuridik shaxslarning ulush va aksiyalarini cheklovsiz sotib olish huquqi berildi. Bu esa bank sektorining real iqtisodiyot bilan integratsiyalashuvini yangi bosqichga olib chiqadi.

Tizimning shariat tamoyillariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank va tijorat banklari huzurida maxsus Islomiy moliya kengashlari tashkil etiladi. Shuningdek, islomiy moliya operatsiyalari uchun alohida soliq solish tartibi joriy qilindi, bu esa yangi tizimning an’anaviy bank mahsulotlari bilan teng raqobatlasha olishini ta’minlaydi. Qonun rasmiy e’lon qilingandan uch oy o‘tgach kuchga kiradi — bu vaqt oralig‘ida moliya muassasalari texnik va kadrlar bazasini yangi talablarga moslashtirishi kutilmoqda.

Yangi tizimning joriy etilishi Yaqin Sharq mamlakatlaridan yirik investitsiyalarni jalb qilish va aholining o‘z e’tiqodiga mos moliyaviy vositalar orqali iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish