Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

O‘zbekistonda biznes uchun elektr energiyasining avans to‘lovi 50 foizga tushirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda biznes uchun elektr energiyasining avans to‘lovi 50 foizga tushirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda biznes uchun elektr energiyasiga avans to‘lovini kamaytirish taklif etildi. Xorazmdagi muloqotda 100 foizlik oldindan to‘lov korxonalar aylanma mablag‘larini muzlatayotgani bildirildi.

Sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari uchun elektr energiyasiga belgilangan yuz foizlik oldindan to‘lov tizimi biznesning aylanma mablag‘larini bo‘g‘ib qo‘ymoqda. Shu sababli mamlakatda elektr uchun avans to‘lovini teng yarimga — 50 foizgacha kamaytirish masalasi hukumat darajasida muhokama qilina boshlandi.

Ushbu muammo 5-avgust kuni Hukumat komissiyasining Xorazm viloyatida mahalliy biznes vakillari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida keskin kun tartibiga chiqdi. Xususan, g‘alla import qilib, un ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yirik korxona rahbari o‘z zavodi to‘xtab qolganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mahsulot hali sotilmasdan turib, elektr energiyasi uchun yuz foiz naqd avans talab qilinishi korxonalarni moliyaviy kollapsga olib kelmoqda.

Uchrashuvda ishtirok etgan Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ushbu masalani oddiy bayonnoma bilan hal qilib bo‘lmasligini, biroq vaziyat chindan ham murakkabligini tan oldi. Tadbirkorlar 2019-yildan 2024-yil iyuliga qadar amalda bo‘lgan 50 foizlik yengillashtirilgan tizimga qaytishni so‘rashdi. Vitse-premyer hozirgi iqtisodiy bosim va qiyinchiliklar hatto pandemiya davridagidan ham og‘irlashganini ta’kidlab, mas’ul idoralarga avans miqdorini kamaytirish bo‘yicha aniq takliflar paketini tayyorlashni topshirdi.