So‘nggi:
Qashqadaryoda bog‘chaning beparvoligi sabab 3 yoshli bola mashina ichida dimqib vafot etdiJamiyatSadriddin Turdiyev Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandiSiyosatO‘zbekistonda yangi renovatsiya qonuni doirasida 17 mingta uy buzilishga tushishi mumkinJamiyatJCH-2026 taqvimi e’lon qilindi: barcha o‘yinlarning to‘liq jadvaliSportO‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab kasallik varaqalari bo‘yicha haq to‘lash tizimi o‘zgaradiIqtisodiyotO‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyatNika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyat

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab kasallik varaqalari bo‘yicha haq to‘lash tizimi o‘zgaradi

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab kasallik varaqalari bo‘yicha haq to‘lash tizimi o‘zgaradi

O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyulidan boshlab xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik varaqasi) nafaqasini tayinlash va to‘lashning manyangi tartibi kuchga kiradi.

Bu o‘zgarishlar davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urta tizimining joriy etilishi bilan bog‘liq bo‘lib, endilikda to‘lovlarning bir qismi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Yangi qoidaga ko‘ra, xodim kasal bo‘lgan dastlabki besh kun uchun pul ish beruvchi (korxona) tomonidan to‘lanadi. Kasallikning oltinchi kunidan boshlab esa nafaqa to‘lovlarini Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi o‘z zimmasiga oladi.

Davlat jamg‘armasidan nafaqa olish uchun fuqaroning kamida olti oylik rasmiy mehnat (sug‘urta) staji bo‘lishi talab etiladi. To‘lov miqdori esa bevosita ish stajining davomiyligiga bog‘liq: staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga o‘rtacha oylik ish haqining 60 foizi, 8 yildan ortiq stajga ega bo‘lganlarga esa 80 foizi miqdorida haq to‘lanadi. Ayrim toifalar uchun imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Xususan, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, to‘rt va undan ortiq farzandi bor ota-onalar hamda nogironligi bo‘lgan farzandni tarbiyalayotgan oilalar uchun to‘lov koeffitsiyenti yana 20 foizga oshiriladi.

Shu bilan birga, yangi tizimda muayyan cheklovlar ham o‘rnatilmoqda. Nafaqa hisoblanayotganda xodimning ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM)ning 10 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisobga olinadi. Bir yil ichida kasallik varaqasi bo‘yicha haq to‘lanadigan maksimal muddat 182 kundan oshmasligi kerak.

Agar xodim bir yil davomida jami 77 kundan ortiq byulletenda bo‘lsa, uning staj koeffitsiyenti 10 foizga kamaytiriladi. Farzand parvarishi uchun ham aniq muddatlar belgilandi: 14 yoshgacha bo‘lgan bolani parvarishlash uchun 20 kungacha, 16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bolani parvarishlash uchun esa 40 kungacha haq to‘lanadigan kasallik varaqasi berilishi mumkin.

Oyning birinchi yarmida tayinlangan nafaqalar o‘sha oyning 25-sanasigacha, ikkinchi yarmida rasmiylashtirilganlari esa keyingi oyning 10-kunigacha to‘lab beriladi.