O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda 1,2 mln xodim oyiga 1,3 mln so‘mgacha maosh olmoqda

O‘zbekistonda 1,2 mln xodim oyiga 1,3 mln so‘mgacha maosh olmoqda

Fiskal tahlillar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 1,2 mln xodim minimal ish haqi miqdoridan oshmaydigan maosh oladi. Ekspertlar minimal oylikni 2030-yilgacha 2,1 mln so‘mga yetkazishni taklif qilmoqda.

Hozirgi kunda respublika bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 million 271 ming so‘mni (taxminan 105 dollar) tashkil etadi. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ushbu mablag‘ fuqarolarning kundalik hayotiy xarajatlarini qoplashga umuman yetmaydi, bu esa respublikada mehnatga haq to‘lash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda.

“Ayni paytda qariyb 1,2 million xodim eng kam ish haqi yoki undan ham past miqdordagi maosh oladi. Bu ayrim fuqarolar real daromadi xarajatlarini qoplash imkoniyati juda ham cheklangan degani”, — deya ta’kidladi institut vakillari.

Mavjud muammoni hal etish maqsadida Fiskal tahlillar instituti 2030-yilgacha minimal ish haqi miqdorini bosqichma-bosqich mediana ish haqining 40 foizigacha yetkazish tashabbusini ilgari surdi. Birinchi bosqichda ushbu tizimni qurilish, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida mediana ish haqining 30 foizi darajasida pilot loyiha sifatida sinovdan o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, tahlilchilar mamlakatda minimal soatbay va kunbay ish haqi stavkalarini joriy etish zarurligini bildirdi. Bu chora mavsumiy hamda to‘liq bo‘lmagan bandlikni legal joyga olib chiqish va rasmiylashtirishga yordam beradi. Hozirda O‘zbekistonda mediana ish haqi taxminan 5,3 million so‘mni tashkil etmoqda. Agar minimal ko‘rsatkich uning 40 foiziga yetkazilsa, fuqarolarning eng kam oylik maoshi 2,1 million so‘mga yetadi, bu esa amaldagi darajadan 1,7 barobar yuqoridir.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish