Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekiston rapid bo‘yicha jahon chempionatida 8-o‘rinni egalladi, Sindarov Karlsenni yutdi

O‘zbekiston rapid bo‘yicha jahon chempionatida 8-o‘rinni egalladi, Sindarov Karlsenni yutdi

Gonkongda rapid bo‘yicha jamoaviy JCh yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi 8-pog‘onadan joy oldi, Javohir Sindarov esa qora donalarda Magnus Karlsenni mag‘lub etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi esa 12 tur yakuniga ko‘ra 7 g‘alaba, 1 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan holda 15 ochko bilan 8-o‘rinni band etdi. Musobaqaning eng yorqin voqeasi hamyurtimiz Javohir Sindarovning qora donalarda dona surib, dunyo reytingi yetakchisi Magnus Karlsenni taslim etishi bo‘ldi.

Gonkongdagi jamoaviy birinchilik ikki bosqichdan — rapid hamda blitsdan iborat bo‘lib, turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 500 ming yevroni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ning 310 ming yevrosi rapid (g‘olibga 110 ming yevro), 190 ming yevrosi esa blits yo‘nalishi (g‘olibga 75 ming yevro) uchun ajratilgan.

17–19-iyun kunlari shveysarcha tizimda o‘tgan rapid bahslaridan so‘ng, bugun, 20-iyun kuni blits musobaqalariga start beriladi. Unda shaxmatchilar har bir partiya uchun 3 daqiqa va har bir yurish uchun 2 soniya vaqt nazorati ostida dastlab guruh tizimida o‘ynashadi, keyin esa eng kuchli 16 jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Chorak final va final bahslari 21-iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan. Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilgi blits bahslarida Magnus Karlsen to‘p surgan WR Chess jamoasi chempion bo‘lgan, O‘zbekiston terma jamoasi esa yarim finalgacha yetib borib, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish