O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilar uchun yagona odob-axloq va tartib-qoidalari belgilandi

O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilar uchun yagona odob-axloq va tartib-qoidalari belgilandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqladi. Kiyinish, telefon ishlatish va noqonuniy pul yig‘imlari bo‘yicha talablar.

Tashqi ko‘rinish va kiyim-kechak bo‘yicha belgilangan talablar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun yagona odob-axloq hamda ichki tartib-qoidalarini belgilab berdi.

Qiz bolalarning sochi tartibli yig‘ilgan bo‘lishi lozim, pardoz qilish va uzun boyalgan tirnoqlar bilan kelish man etiladi. Qizlar yubkasining etagi tizzadan 5–15 santimetr pastda bo‘lishi, o‘g‘il bolalar shimining uzunligi to‘piqdan pastda turishi hamda poyabzal poklugi 3 santimetrdan oshmasligi kerak. Shuningdek, tatuirovka va pirsing taqiqlangan bo‘lib, milliy an’analarga mos ravishda qizlarga orqa tomondan boylanadigan ro‘mol o‘rashga ruxsat beriladi.

Maktab hududiga kirishda telefon ovozsiz rejimga o‘tkazilib, sumkaga solib qo‘yilishi shart. Dars paytida telefondan foydalanish, tasvirga olish yoki ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlanadi. Qoida buzilgan taqdirda olib qo‘yilgan telefon apparati faqat o‘quvchining ota-onasiga qaytarib beriladi.

Maktab intizomini buzganlik uchun o‘quvchilarni darsdan haydash taqiqlanadi, chora sifatida faqat ogohlantirish, kundalikka tanbeh yozish va ota-onani maktabga taklif qilish amaliyoti qo‘llaniladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish