O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekiston birjasida Ai-92 benzin narxi tarixiy maksimal ko‘rsatkichga yetdi

O‘zbekiston birjasida Ai-92 benzin narxi tarixiy maksimal ko‘rsatkichga yetdi

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida Ai-92 markali benzin narxi taklif qisqarishi fonida bir tonna uchun 13,9 mln so‘mga yetib, rekord o‘rnatdi.

Ushbu marka yoqilg‘isining bir tonnasi 13,919 mln so‘mdan sotilib, avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 1,1 foizga qimmatlashdi. Umuman olganda, iyun oyi boshidan buyon birjada Ai-92 narxi qariyb 11,8 foizga (yoki 1,473 mln so‘mga) o‘sgan.

Narxlarning asosiy ko‘tarilishi oyning birinchi o‘n kunligida kuzatildi — 4-iyundagi 12,476 mln so‘mlik ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i to‘rt kun ichida 13,788 mln so‘mga yetdi.

Qiymatning bunday keskin o‘sishiga birjadagi taklif hajmining qisqarishi ham sabab bo‘ldi. Iyun oyi boshida savdoga 3 791 tonna benzin chiqarilgan bo‘lsa, oy o‘rtasiga kelib bu hajm deyarli ikki barobarga kamayib, 1 898 tonnani tashkil qildi. Savdo oxirida taklif 3 123,2 tonnagacha tiklangan bo‘lsa-da, narxlar pasaymadi.

Mutaxassislar ushbu holatni Rossiya neftni qayta ishlash zavodlaridagi favqulodda ta’mirlash ishlari tufayli yuzaga kelgan yoqilg‘i tanqisligi hamda ushbu mamlakatdan benzin eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bilan izohlamoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish