O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Markaziy bank: Yirik P2P o‘tkazmalarini nazorat qilish Konstitutsiyaga zid

Markaziy bank: Yirik P2P o‘tkazmalarini nazorat qilish Konstitutsiyaga zid

Markaziy bank Soliq qo‘mitasining 500 BHMdan yuqori P2P o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni uzatish loyihasini tanqid qildi. Regulyator bu qadam bank siri buzilishi va yashirin iqtisodiyot o‘sishiga olib kelishidan ogohlantirdi.

Markaziy bank jismoniy shaxslarning yirik miqdordagi P2P (kartadan kartaga) pul o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga avtomatik ravishda taqdim etishga oid loyihani keskin tanqid qildi.

Regulyator raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyevning “Kursiv” nashriga ma’lum qilishicha, mazkur tashabbus Konstitutsiya bilan kafolatlangan bank siri va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga mutloqo muvofiq emas.

Ta’kidlanishicha, ushbu chora Konstitutsiyaning 41-moddasiga zid keladi. Mazkur moddada har kim mulk huquqiga ega ekani hamda bank operatsiyalari, omonatlar va hisobvaraqlar siri qonun bilan kafolatlanishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Markaziy bank avvalroq Soliq qo‘mitasiga ushbu qaror loyihasi “Bank siri to‘g‘risida”gi qonun normalariga ham zid ekanini bildirgan. Shuningdek, MB ma’lumotlarni soliqchilarga uzatish uchun nega aynan oyiga 500 BHM (baza hisoblash miqdori) miqdoridagi chegara tanlangani bo‘yicha hech qanday iqtisodiy asosga ega emasligini ochiqlagan.

Markaziy bank ushbu loyihaning amalga oshirilishi hukumat uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishidan ogohlantirmoqda. Regulyator tahliliga ko‘ra, P2P operatsiyalarining yalpi nazorat qilinishi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishiga, aholi o‘rtasida naqd puldan foydalanish hajmining keskin ortishiga, mablag‘larning bank tizimidan norasmiy muomalaga chiqib ketishiga hamda yashirin iqtisodiyot ko‘lamining yanada kengayishiga sabab bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, iyun oyi oxirida Soliq qo‘mitasi moliya tashkilotlaridan oylik hajmi 500 BHMdan oshgan P2P o‘tkazmalari (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi o‘tkazmalar bundan mustasno) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etishni talab qiluvchi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoong‘an edi. Qo‘mita o‘z tashabbusini savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim tadbirkorlar kassa apparatlarini chetlab o‘tib, to‘lovlarni shaxsiy plastik kartalar orqali qabul qilayotgani (noqonuniy savdo) bilan izohlagan, bu esa o‘z navbatida jamoatchilik va ekspertlar hamjamiyatida jiddiy e’tirozlarni keltirib chiqargan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish