So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Lukashenko Rossiya elchisidan Belarusni urushga jalb etmaslikni so‘radi

Lukashenko Rossiya elchisidan Belarusni urushga jalb etmaslikni so‘radi

Aleksandr Lukashenko Boris Grizlov bilan uchrashuvda Moskva tomonidan Minskni Ukrainaga qarshi urushga tortish urinishlari bo‘layotganini ilk bor ochiq tan oldi.

Belarus Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarga qo‘shilish niyatida emas. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya elchisi Boris Grizlov va Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov bilan o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi. Shu tariqa, Lukashenko ilk bor Belarusni mojaroga jalb etishga urinishlar boʻlayotganini ochiqchasiga tan oldi.

“Urushga aralashish kerak emas. Bu yerda, go‘yoki Boris Vyacheslavovich bizni urushga tortish uchun jarayon boshlagandek, bizni bunga undash kerak emas”, — deya Grizlovga murojaat qilgan Belarus rahbari. Rossiyaning “TASS” agentligi o‘z reportajida ushbu gaplarni e’tiborsiz qoldirgan bo’lsa-da, Lukashenko bu masalani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko‘p marta muhokama qilganini va belaruslar ukrainaliklar bilan urushishni istamasligini ta’kidlagan. U Rossiya mintaqalariga iqtisodiyot hamda xavfsizlik sohasida yordam berishga tayyorligini bildirib, oʻzining rad javobini biroz yumshatgan.

Vaziyatning keskinlashuviga so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan bir qator siyosiy voqealar sabab bo‘ldi:

  • Moskvaning bosimi: The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi yangi front ochish hamda NATO mamlakatlariga qarshi gibrid operatsiyalar uyushtirish maqsadida Belarus hududidan foydalanishni talab qilib, Lukashenkoga bosimni kuchaytirgan. Muzokaralarni 2026-yil boshidan beri aynan elchi Grizlov olib bormoqda.

  • G’arbning ogohlantirishi: May oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Lukashenkoga qo‘ng‘iroq qilib, uni urushga qo‘shilmaslik bo‘yicha qat’iy ogohlantirgan edi.

  • Ukrainaning ulimatumi: 19-iyun kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina shaharlariga berilayotgan zarbalarni yo‘naltiruvchi Rossiya retranslyatorlarini demontaj qilish uchun Belarusga bir hafta muhlat berdi. 24-iyunga kelib, ushbu uskunalar 22-iyundan boshlab ishlashni to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Kiyevning ushbu talabini “tajovuzkor tahdid” deb atadi va yaqin orada Putin hamda Lukashenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lishini ma’lum qildi.