Profilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyotMaktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladiJamiyatQashqadaryoning baland tog‘li hududlarida birinchi qor yog‘diJamiyatFarg‘onada ko‘p qavatli uy erto‘lasida akulali basseyn barpo etilgani aniqlandiJamiyatToshkent hokimligi Glinka ko‘chasidagi portlash sababini ma’lum qildi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatAvgust oyida 71,9 mlrd so‘mlik elektr va gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandiJamiyat«60 bilan ketayotgandim, kamera 66 ko‘rsatdi»: Toshkentda haydovchilar radarlar xatosidan xavotirdaJamiyat

Jizzaxda qurg‘oqchilikka qarshi kurashish uchun sun’iy muzliklar barpo etilishi rejalashtirilmoqda

Jizzaxda qurg‘oqchilikka qarshi kurashish uchun sun’iy muzliklar barpo etilishi rejalashtirilmoqda

Jizzaxning Baxmal tumanida suv tanqisligini hal qilish uchun sun’iy muzliklar barpo etilishi rejalashtirilmoqda. FAO va mahalliy hokimiyat bahorgi sug‘orish uchun qishki suvni muz shaklida saqlash texnologiyasini joriy etmoqda.

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida agrosanoat tarmog‘ini suv bilan ta’minlashning yangicha tizimi — «muz stupalari» sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda. Mazkur loyiha qishki yog‘inlarni muzlatish orqali to‘plash va ulardan bahorgi qurg‘oqchilik pallasida unumli foydalanishni ko‘zda tutadi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakillari hududiy hokimiyat bilan uchrashib, iqlim o‘zgarishi sharoitida bog‘dorchilikni asrab qolish choralarini muhokama qildilar. Mutaxassislar tog‘li hududlarni o‘rganib, sun’iy muzliklar qurish uchun eng maqbul joylarni belgilab olishdi.

Ushbu texnologiyaning o‘ziga xosligi shundaki, maxsus barpo etilgan konus simon shakllar quyosh nuriga bardoshli bo‘lib, suvni uzoq vaqt saqlash imkonini beradi. Tabiiy jarayonlardan farqli ravishda, bu muzliklar bahor boshlanib, vegetatsiya jarayoni jadallashgan paytda suvni asta-sekinlik bilan chiqaradi. Himolay tog‘larida o‘zini oqlagan ushbu ixtiro mahalliy aholining yashash sharoitini yaxshilash va qishloq xo‘jaligida suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.