O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda neft mahsulotlari zaxirasi yaqin 2−3 oy uchun yetarli ekani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda neft mahsulotlari zaxirasi yaqin 2−3 oy uchun yetarli ekani ma’lum qilindi

Energetika vazirligi mamlakatda neft mahsulotlari zaxiralari yaqin oylar uchun to‘liq yetarli ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, may oyida respublikada benzin va dizel ishlab chiqarish hajmi keskin kamaygani qayd etildi.

Mamlakatimiz energetika xavfsizligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida neft mahsulotlarining barqaror zaxirasi yaratildi. Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Mamadaminov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ta’kidlashicha, hozirgi kunda mavjud ichki imkoniyatlar va shakllantirilgan zaxiralar yaqin ikki-uch oy davomida ehtiyojlarni mutloq qoplashga yetadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,2 million tonnadan oshgan bo‘lib, xususiy tadbirkorlar tomonidan yana 600–700 ming tonna yoqilg‘i import qilinmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar ichki bozordagi talabni to‘liq qondirish imkonini beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan taqdimot yakunlari bo‘yicha vazirlik aholini elektr, gaz va yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan haftalik nazorat tizimini joriy etgan. Biroq ijobiy zaxira ko‘rsatkichlariga qaramay, sohada ishlab chiqarish pasayishi kuzatilmoqda. Xususan, dastlabki besh oyda mamlakatda benzin ishlab chiqarish 2,9 foizga o‘sib, 502,2 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa-da, aynan may oyining o‘zida avtobenzin tayyorlash hajmi 13,7 foizga kamayib, 84,7 ming tonnaga tushib qolgan. Bu Buxoro neftni qayta islash zavodida ta’mirlash ishlari o‘tkazilgan 2023-yilning may oyidan keyingi eng past ko‘rsatkichdir. Shuningdek, may oyida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish ham yillik hisobda 17,8 foizga kamayib, 95,4 ming tonnani tashkil qildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish