Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Ebola virusi Afrika chegaralaridan chiqdi

Ebola virusi Afrika chegaralaridan chiqdi

O‘lim ko‘rsatkichi 90 foiz bo‘lgan o‘ta xavfli Ebola virusi Afrika qit’asidan tashqariga chiqdi. Braziliyada ilk holatlar tekshirilmoqda, AQSh va Rossiya chegaralarni yopdi.

Markaziy Afrikada shiddat bilan tarqalayotgan o‘ta xavfli Ebola virusi mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi nazoratidan butunlay chiqib ketdi. Kasallanish ko‘rsatkichlari shu qadar yuqoriki, shifokorlar sog‘lom aholini muhofaza qilishga ulgura olmayapti. Vaziyat xalqaro miqyosda ham keskinlashdi: virus Afrika qit’asi sarhadlarini tark etdi va ayni paytda Braziliyada kasallikka shubha qilingan dastlabki holatlar bo‘yicha shoshilinch surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu global xavf tufayli dunyoning yetakchi davlatlari keskin cheklovlar joriy etishni boshladi. AQSh o‘z tarixida birinchi marta Ebola yuqishi xavfi mavjud bo‘lgan barcha mamlakatlar fuqarolari uchun chegaralarini butunlay yopdi. Shuningdek, AQSh hukumati virusni yuqtirib olgan o‘z fuqarolarini ham mamlakatdan chiqarib yuborish choralarini ko‘rmoqda. Rossiya ham davlat chegaralarida nazoratni keskin kuchaytirib, sanitariya-karantin choralarini maksimal darajaga ko‘tardi.

Ebola sayyoramizdagi eng vahshiy patogenlardan biri bo‘lib qolmoqda. Kasallik bemorlar uchun chidab bo‘lmas jismoniy azob-uqubatlar bilan kechadi va uni yuqtirganlarning 90 foizgachasi halok bo‘ladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish