Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

AQSh Senati Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi

AQSh Senati Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi

AQSh Kongressining yuqori palatasi Eron bilan nizodan qo‘shinlarni olib chiqishni ko‘zda tutuvchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Oq uy ushbu tashabbusni ahamiyatsiz deb atadi.

AQSh Senati Vakillar palatasidan so‘ng Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatishni nazarda tutuvchi rezolyutsiyani ma’qulladi. Reuters agentligining xabar berishicha, hujjat 48 taga qarshi 50 ta ovoz bilan qabul qilingan. Ovoz berish natijalari joriy yilning fevral oyi oxiridan buyon davom etayotgan AQSh, Isroil hamda Eron o‘rtasidagi qurolli toqnashuvlar respublikachilarning bir qismida ham jiddiy xavotir uyg‘otayotganidan dalolat beradi.

Deutsche Welle nashrining yozishicha, rezolyutsiya matniga ko‘ra, Oq uy rahbari Donald Tramp Amerika qurolli kuchlarini Eron bilan jangovar harakatlar hududidan olib chiqishi yoki ushbu mamlakatga qarshi operatsiyalardagi ishtirokini to‘xtatishi lozim. Shunga qaramay, mazkur hujjat ko‘proq ramziy ma’noga ega bo‘lishi mumkin, chunki prezident unga veto qo‘ya olmasa-da, rezolyutsiya majburiy yuridik kuchga ega emas. Ovoz berish tashabbuskori bo‘lgan demokrat senatorlar Kongress harbiy harakatlarning qayta tiklanishi uning ruxsatisiz amalga oshirilmasligini aniq ko‘rsatib qo‘yishi shartligini bildirishgan.

O‘z navbatida, Donald Tramp ma’muriyati ushbu ovoz berish jarayonini ahamiyatsiz deb hisobladi va buni majlisda bir nechta respublikachi senatorlar qatnashmagani bilan izohladi. Oq uy vakillarining ta’kidlashicha, hozirda Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketadigan faol jang maydonining o‘zi yo‘q, boisi AQSh va Eron nizosi doirasidagi harbiy harakatlar 17-apreldagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi bilan yakunlangan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish