So‘nggi:
O‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindiIqtisodiyotChirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdiJamiyatWildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyoRossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydiSiyosatO‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerakJamiyatShavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini uch oy ichida yaxshilashni talab qildiSiyosatO‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyatToshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyo

Dunyoda havosi xavfsiz deb topilgan mamlakatlar soni 13 tagacha qisqardi

Dunyoda havosi xavfsiz deb topilgan mamlakatlar soni 13 tagacha qisqardi

2025-yilgi IQAir hisoboti: Dunyoning 143 ta davlatidan faqat 13 tasida havo xavfsiz deb topildi. Eng iflos havo Pokiston va Tojikistonda qayd etilgan.

Yer yuzida nafas olish uchun xavfsiz hududlar tobora kamayib bormoqda. Shveysariyaning havo sifatini monitoring qiluvchi IQAir kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotga ko‘ra, o‘rganilgan 143 ta mamlakat va hududdan faqat 13 tasida havo ifloslanish darajasi me’yor doirasida ekani ma’lum bo‘ldi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) inson salomatligi uchun eng xavfli hisoblangan PM2,5 (mayda chang zarrachalari) miqdori bir kub metr havoda 5 mikrogrammdan oshmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Ushbu zarrachalar o‘pka va qon aylanish tizimiga chuqur kirib borib, yurak-qon tomir, nafas yo‘llari kasalliklari hamda saraton xavfini keskin oshiradi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, faqatgina Andorra, Estoniya, Islandiya, Avstraliya, Barbados, Bermuda orollari, Fransuz Polineziyasi, Grenada, Yangi Kaledoniya, Panama, Puerto-Riko, Reyunon va AQSH Virgin orollari JSST talablariga javob bergan. Qolgan 130 ta davlatda havo ifloslanishi xavfli darajada qolmoqda.

Dunyodagi eng iflos havoga ega davlatlar reytingida Pokiston (67,3 mkg/m³), Bangladesh (66,1 mkg/m³) va Markaziy Osiyo mintaqasidan Tojikiston (57,3 mkg/m³) yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Chad va Kongo DR ham eng yomon ko‘rsatkich qayd etgan beshtalikka kirgan.