Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Rossiyaning Chelyabinsk va Tyumen shaharlariga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatsatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Chiptalar narxi 4,4 mln so‘mdan boshlanadi.
Yangi yo‘nalishlar va parvozlar jadvali
O‘zbekistonning Centrum Air xususiy aviakompaniyasi Rossiya Federatsiyasiga parvozlar geografiyasini kengaytirmoqda. 2026-yil 4-dekabrdan boshlab Toshkent — Chelyabinsk — Toshkent, 2027-yil 3-yanvardan esa Toshkent — Tyumen — Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha yangi muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi.
Parvozlar Airbus A320 havo kemalarida quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):
-
Chelyabinsk (haftasiga 2 marta — seshanba va juma):
-
C6957: Toshkent (00:30) — Chelyabinsk (03:10) — uchish vaqti 2 soat 40 daqiqa;
-
C6958: Chelyabinsk (04:20) — Toshkent (07:05).
-
-
Tyumen (haftasiga 1 marta — yakshanba):
-
C6447: Toshkent (13:00) — Tyumen (16:00) — uchish vaqti 3 soat;
-
C6448: Tyumen (17:30) — Toshkent (20:30).
-
Chipta narxlari va tranzit imkoniyatlari
Ikki tomonga (borish-kelish) aviachiptalar narxi Chelyabinsk yo‘nalishi bo‘yicha 4,4 million so‘mdan, Tyumen yo‘nalishi bo‘yicha esa 4,8 million so‘mdan boshlanadi. Chiptalar sotuvi aviakompaniyaning rasmiy sayti hamda mobil ilovasida ochilgan.
Yangi reyslarning yo‘lga qo‘yilishi Toshkentni Janubiy Ural va G‘arbiy Sibir bilan bog‘laydi. Bundan tashqari, ushbu hududlardan keluvchi tranzit yo‘lovchilar Toshkent xabi orqali Centrum Air’ning Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya,Tailand, BAA hamda Maldiv orollari kabi xalqaro yo‘nalishlariga qulay ulama reyslar bilan parvozlarni davom ettirishlari mumkin.




Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q