Sog‘liqni saqlash vazirligi 2027-yildan shirin ichimliklarni majburiy rangli belgilashni taklif etdi. Qadoqlarda shakar miqdori haqida ogohlantirishlar paydo bo‘ladi.
100 ml mahsulotda 5-8 gramm shakar bo‘lsa sarg‘ich fonda «O‘rtacha shakar miqdori», 8-11 gramm bo‘lsa to‘q sariq fonda «Yuqori shakar miqdori» yozuvi tushiriladi.
Shakar miqdori 11 grammdan oshganda esa qizil fonda «Juda yuqori shakar miqdori — tez-tez iste’mol qilish salomatlik uchun zararli» degan qat’iy ogohlantirish joylashtiriladi.
Raqamli monitoring, laboratoriya nazorati va maktablardagi taqiqlar
2027-yil yakuniga qadar ichimliklar tarkibini kuzatib boruvchi yagona raqamli platforma va «zararli» mahsulotlarning ochiq reyestri ishga tushiriladi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar nazorat xaridlarini o‘tkazib, tarkibdagi amaldagi shakar miqdorini doimiy ravishda seryog‘lama tekshirib boradi.
Import qilinadigan ichimliklar uchun 2028-yilgacha elektron deklaratsiyalash joriy etiladi hamda talabga javob bermaydigan mahsulotlar mamlakatga kiritilmaydi.
Shuningdek, 2027-yildan boshlab yangi qoidalarga mos kelmaydigan shirin ichimliklarni ta’lim muassasalarida sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.



