So‘nggi:
SpaceX Falcon 9 raketasining pog‘onasi soatiga 8,7 ming km tezlikda Oyga borib urildiDunyoToshkentda iPhone’larni qonuniylashtirib bergan bojxona xodimi ushlandiJamiyatQirg‘iziston O‘zbekistondan oyiga 20 ming tonnaga yaqin neft mahsulotlarini sotib olmoqchiIqtisodiyotFabio Kannavaro: «Jarohati bor futbolchini JCHga olib borgan dunyodagi yagona ahmoq murabbiy o‘zim bo‘lsam kerak»SportXitoy fuqarolar uchun mamlakatga kirish va chiqish qoidalarini yangiladiDunyoToshkent viloyatida ayol go‘dagining pampersiga 200 gramm oltin yashirib, uni mamlakatdan olib chiqib ketishga urindiJamiyatO‘zbekiston orbitaga Samarkand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshini uchirdiJamiyatQozog‘iston chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirishga pullik ruxsatnoma joriy etishi mumkinDunyoShahrisabz hokimi fuqaroning xonadoniga kirib, tartibsizlik uchun jarima solish bilan tahdid qildiJamiyatQashqadaryoda OIV yuqtirgan shaxsga soxta xulosa berish uchun pora olganlar ushlandiJamiyat

Fabio Kannavaro: «Jarohati bor futbolchini JCHga olib borgan dunyodagi yagona ahmoq murabbiy o‘zim bo‘lsam kerak»

Fabio Kannavaro: «Jarohati bor futbolchini JCHga olib borgan dunyodagi yagona ahmoq murabbiy o‘zim bo‘lsam kerak»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida JCH yakunlari va Jaloliddin Masharipovning jarohati haqida gapirdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda italiyalik mutaxassis terma jamoaning Jahon chempionatidagi ishtiroki, mundialdan olingan xulosalar, orttirilgan tajriba hamda bo‘lajak Osiyo Kubogiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik rejalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.

Anjuman davomida Kannavaro JCHdan so‘ng darhol Italiyaga jo‘nab ketgani haqida tarqalgan gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi. U ushbu xabarlarni rad etib: «Meni Jahon chempionatidan keyin darhol Italiyaga dam olgani ketdi, degan gaplar tarqaldi. Lekin aslida O‘zbekiston Superligasida tanaffus bo‘lgani uchungina vatanimga borib keldim», — deya ta’kidladi. Mutaxassis, shuningdek, xalqaro maydondagi va mahalliy chempionat o‘rtasidagi farqqa e’tibor qaratib: «Men bundan 8 oy oldin ham chempionatimizdagi tezlik haqida gapirgan edim. Jahon chempionatida o‘yin intensivligi juda yuqori bo‘ladi. Buni futbolchi sifatida 4 ta mundialda ishtirok etgan inson sifatida aytyapman», — deb qo‘shimcha qildi.

Murabbiy Jaloliddin Masharipovning nima sababdan Jahon chempionatida maydonga tusha olmagani va uning jarohatiga batafsil to‘xtaldi: «Masharipov haqida aytadigan bo‘lsam, jarohati bor futbolchini Jahon chempionatiga olib borgan dunyodagi yagona ahmoq murabbiy o‘zim bo‘lsam kerak. Biz uning qanchalik yaxshi va muhim o‘yinchi ekanligini hisobga olib, musobaqaga olib borishga harakat qildik. Tezroq sog‘ayib, safga qaytishi uchun ko‘plab tajribali mutaxassislarni jalb qildik. Ammo muammo uning oyog‘ida emas, balki bel churrasi bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi. Toshkentdagi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin uning ikki oyog‘i harakatida sezilarli farq borligini payqadik va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun darhol Dubayga jo‘natdik. Afsuski, belidagi muammo unga Jahon chempionatida o‘ynash imkonini bermadi».

Shuningdek, Kannavaro Azizbek Turg‘unboyev va Hojimat Erkinov kabi futbolchilarning nima sababdan mundialga yo‘l olgan tarkibdan tushib qolganini ochiqladi: «Turg‘unboyev va Hojimat Erkinov kabi futbolchilarning nega Jahon chempionatiga olib ketilmagani bo‘yicha savollar ko‘p bo‘ldi. Ularning Superligadagi sport formasi avvalgidek bo‘lmagani uchungina ro‘yxatga kiritmadim. Qaror qabul qilishdan oldin ikkala futbolchi bilan ham bu borada shaxsan gaplashib olganman».