O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilar uchun yagona odob-axloq va tartib-qoidalari belgilandiJamiyatToshkentda ushlangan avtomillarni jarima maydonchasiga olib borish tartibi belgilandiJamiyatO‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi ishga tushirilishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda havo harorati nisbatan pasayib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqdaJamiyatPrezident Andijonda 9,4 milliard dollarlik 206 ta investitsiya loyihasiga start berdiJamiyatQashqadaryoda o‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga intizomiy chora ko‘rildiJamiyatO‘zbekistonda yil boshidan buyon uy-joy savdosi 18 foizdan ziyodga oshdiJamiyatO‘zbekistonda raqamli «Baliqchi kartasi» yo‘lga qo‘yiladiJamiyatPodpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB YHXXB boshlig‘i etib tayinlandiJamiyatToshkent metropoliteni bir sutkalik yo‘lovchi tashish bo‘yicha absolyut rekordni yangiladiJamiyat

Toshkentda evakuatsiya va jarima maydonchasi xizmatlarining cheklangan narxlari belgilanadi

Toshkentda evakuatsiya va jarima maydonchasi xizmatlarining cheklangan narxlari belgilanadi

Poytaxtda noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobillarni evakuatsiya qilish va saqlash bo‘yicha cheklangan narxlar joriy etiladi. Tashish narxi 4 BHMdan oshmasligi belgilandi.

Toshkent shahrida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan avtomobillarni evakuatsiya qilish hamda jarima maydonchalarida saqlash xizmatlari narxini tartibga solish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Poytaxtda ushbu xizmatlar uchun ruxsat etilgan eng yuqori tariflar belgilandi.

Yangi kiritilayotgan tariflar miqdori:

  • Avtomobilni saqlash: Jarima maydonchasida saqlangan har bir sutka uchun BHMning 20 foizi miqdorida.

  • Evakuatorda tashish: Maxsus transport vositasida bosib o‘tilgan har bir kilometr uchun BHMning 20 foizi miqdorida.

  • Maksimal cheklov: Evakuatsiya qilishning umumiy narxi qancha masofa bo‘lishidan qat’i nazar 4 BHMdan (amaldagi 412 ming so‘mlik BHM bo‘yicha 1,648 mln so‘mdan) oshishi mumkin emas.

Yo‘l harakatini tashkillashtirish markazi ta’kidlashicha, yagona cheklangan tariflarning belgilanishi sohadagi noaniqliklarga chek qo‘yadi, asossiz narx oshirilishining oldini oladi va haydovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovlarni shaffof shakllantirish imkonini beradi.

Shuningdek, mutasaddilar ushbu jazo choralari va moliyaviy dastaklardan ko‘zlangan asosiy maqsad poytaxt ko‘chalarida tartib o‘rnatish ekanini eslatib o‘tdi. Yangi tizim piyodalar yo‘laklari, o‘tish joylari va jamoat transporti bekatlarini noqonuniy joylashtirilgan avtomobillardan tozalash hamda yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan.