O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Jismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildi

Jismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildi

Hukumat qarori bilan jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha imtiyozlardan foydalanishi uchun elektron murojaat yuborish tartibi belgilandi. Arizalar 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hukumatning joriy yil 16-iyuldagi 389-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-sonli qaroriga tegishli qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat bilan jismoniy shaxslarga ushbu soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar taqdim etishga doir davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun masofadan turib, elektron soliq xizmatlari portali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron murojaat yuborishlari mumkin.

Kelib tushgan arizalar va ma’lumotlar soliq organining mas’ul xodimi tomonidan 2 ish kuni ichida mavjud idoralararo elektron bazalar asosida o‘rganib chiqiladi. Shundan so‘ng imtiyozni qo‘llash yoki uni rad etish to‘g‘risida yakuniy xulosa rasmiylashtiriladi hamda 1 ish kuni davomida fuqaroning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Murojaat rad etilgan taqdirda, fuqaro ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish