O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

1-noyabrdan O‘zbekistonda abonent roziligisiz reklama SMS-xabarlarini yuborish taqiqlanadi

1-noyabrdan O‘zbekistonda abonent roziligisiz reklama SMS-xabarlarini yuborish taqiqlanadi

Prezident qaroriga muvofiq, 1-noyabrdan boshlab reklama xabarlari faqat fuqarolarning roziligi bilan yuboriladi. Soat 18:00 dan 09:00 gacha reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini tarqatish butunlay taqiqlanadi.

Ushbu tartibni nazarda tutuvchi qaror prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Yangi qoidalar mobil aloqa orqali xizmat va mahsulotlarni targ‘ib qilishga qat’iy cheklovlar o‘rnatadi va aholini keraksiz spam-xabarlardan himoya qilishga qaratilgan.

Hujjatga ko‘ra, abonentning aniq va tasdiqlangan roziligisiz amalga oshiriladigan har qanday reklama jo‘natmalari qonunga xilof deb hisoblanadi. Shuningdek, kechki va tungi vaqtlarda, ya’ni soat 18:00 dan 09:00 gacha har qanday reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini tarqatish taqiqlanadi.

Mobil aloqa operatorlari zimmasiga esa abonentning talabiga binoan ular tomonidan tarqatilayotgan reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini to‘liq yoki qisman bloklash majburiyati yuklanadi.

Belgilangan talablarga rioya qilmaslik reklama to‘g‘risidagi hamda shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish deb e’tirof etiladi va qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishiga sabab bo‘ladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish