So‘nggi:
O‘zbekistonda xorijiy dasturlarga qaramlikni kamaytiradigan milliy navigatsiya tizimi yaratiladiJamiyatQosim-Jomart Toqayev yana Qozog‘iston prezidentligiga nomzodini qo‘yish huquqini qo‘lga kiritdiDunyoBog‘chalarga imtiyozli navbat my.gov.uz’da to‘liq avtomatlashtirildiJamiyatToshkentda avtoyuvish xodimi Portugaliya g‘alabasiga tikish uchun Spark’ni olib qochdiJamiyatO‘zbekistonda neft mahsulotlari zaxirasi yaqin 2−3 oy uchun yetarli ekani ma’lum qilindiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev yagona davlat boshqaruvi raqamli platformasini joriy etishni ma’qulladiSiyosatO‘zbekistonda yangilangan lotin alifbosi parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullandiJamiyatJCH-2026 finali chiptalari narxi rekord darajadagi 51 ming dollarga ko‘tarildiSportAndijonda bir yo‘la besh nafar egizak dunyoga keldiJamiyatO‘zbekistonda 15-iyuldan Open Budget loyihasining ikkinchi mavsumiga start beriladiJamiyat

O‘zbekistonda neft mahsulotlari zaxirasi yaqin 2−3 oy uchun yetarli ekani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda neft mahsulotlari zaxirasi yaqin 2−3 oy uchun yetarli ekani ma’lum qilindi

Energetika vazirligi mamlakatda neft mahsulotlari zaxiralari yaqin oylar uchun to‘liq yetarli ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, may oyida respublikada benzin va dizel ishlab chiqarish hajmi keskin kamaygani qayd etildi.

Mamlakatimiz energetika xavfsizligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida neft mahsulotlarining barqaror zaxirasi yaratildi. Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Mamadaminov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ta’kidlashicha, hozirgi kunda mavjud ichki imkoniyatlar va shakllantirilgan zaxiralar yaqin ikki-uch oy davomida ehtiyojlarni mutloq qoplashga yetadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,2 million tonnadan oshgan bo‘lib, xususiy tadbirkorlar tomonidan yana 600–700 ming tonna yoqilg‘i import qilinmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar ichki bozordagi talabni to‘liq qondirish imkonini beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan taqdimot yakunlari bo‘yicha vazirlik aholini elektr, gaz va yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan haftalik nazorat tizimini joriy etgan. Biroq ijobiy zaxira ko‘rsatkichlariga qaramay, sohada ishlab chiqarish pasayishi kuzatilmoqda. Xususan, dastlabki besh oyda mamlakatda benzin ishlab chiqarish 2,9 foizga o‘sib, 502,2 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa-da, aynan may oyining o‘zida avtobenzin tayyorlash hajmi 13,7 foizga kamayib, 84,7 ming tonnaga tushib qolgan. Bu Buxoro neftni qayta islash zavodida ta’mirlash ishlari o‘tkazilgan 2023-yilning may oyidan keyingi eng past ko‘rsatkichdir. Shuningdek, may oyida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish ham yillik hisobda 17,8 foizga kamayib, 95,4 ming tonnani tashkil qildi.