O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda kripto-provayderlar faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha yangi talablar joriy etildi

O‘zbekistonda kripto-provayderlar faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha yangi talablar joriy etildi

Adliya vazirligi kriptoaktivlar provayderlari uchun yangi cheklovlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Endi rahbarlarni almashtirish va ulushlarni sotish oldindan kelishiladi.

Adliya vazirligi tomonidan Kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Yangi hujjat mamlakatning kripto-bozorida shaffoflikni ta’minlash hamda jinoiy daromadlarni legallashtirish xavflarining oldini olishga qaratilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan (ofshor hududlar) davlatlar rezidentlari va u yerda ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarga O‘zbekistondagi kripto-provayderlarni boshqarish taqiqlanadi.

Shuningdek, kompaniyalar ustav kapitalidagi ulushlarni sotish, rahbar, uning o‘rinbosarlari hamda ichki nazorat bo‘limi boshliqlarini almashtirishdan avval litsenziyalovchi organning roziligini olishi shart bo‘ladi. Tegishli arizalar 10 ish kuni ichida bepul ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish