So‘nggi:
O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini JChda muxlis tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdiSportO‘zbekiston TIV AQSH va Eron memorandumini yirik diplomatik yutuq deb baholadiDunyoToshkentda uxlab qolgan yo‘lovchiga tegajog‘lik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekiston yerosti boyliklarining umumiy qiymati 3 trln dollarga baholandiSiyosatPhD darajasiga ega kuryer talabalar o‘rniga imtihon topshirib, $3,1 mln ishladiDunyoToshkent investitsiya forumida O‘zbekiston rekord darajadagi $43,2 mlrdlik shartnomalar imzoladiJamiyatMigratsiya agentligi sobiq rahbari Koreyaga yuborish uchun 90 ming dollar oldiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati +42 darajagacha ko‘tariladiJamiyatMarkaziy bank taqchillik sabab futbolga bag‘ishlangan tangalar tirajini oshiradiJamiyatBaxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etildiJamiyat

Toshkent investitsiya forumida O‘zbekiston rekord darajadagi $43,2 mlrdlik shartnomalar imzoladi

Toshkent investitsiya forumida O‘zbekiston rekord darajadagi $43,2 mlrdlik shartnomalar imzoladi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga ko‘ra, umumiy qiymati 43,2 milliard dollarga teng 166 ta kelishuv imzolandi. Loyihalar orasida yangi aeroport qurilishi ham bor.

Forum doirasida bir qator yirik va strategik megahujjatlar imzolandi. Xususan, Saudiyaning Vision Invest kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida 2,8 milliard dollar evaziga Toshkent yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Vyetnamning Rox Group kompaniyasi New Bukhara City va New Central Bukhara loyihalari doirasida Buxoroda premium-klassdagi turar joylar, mehmonxonalar, biznes markazlar, shifoxona va maktablar barpo etish uchun 2 milliard dollar sarmoya kiritadigan bo‘ldi.

Qo‘shni Qozog‘iston kompaniyalari ham yirik loyihalarni e’lon qildi: KMG PetroChem 780 million dollar evaziga polietilentereftalat va tereftal kislotasi ishlab chiqarish zavodini yo‘lga qo‘ysa, PTC Holding Yangiyo‘l tumanida 300 million dollarlik «A» toifasidagi ko‘p funksiyali logistika markazini quradi.

AQSHning Cove Capital kompaniyasi esa 200 million dollar yo‘naltirgan holda «Sariqul» va «Taskazgan» konlarini o‘zlashtirish hamda foydali qazilmalarni qayta ishlash loyihalarida ishtirok etishi rasmiylashtirildi.