O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

O‘zbekistonda avtomobil importidagi “yiliga bitta mashina” cheklovi bekor qilindi

O‘zbekistonda avtomobil importidagi “yiliga bitta mashina” cheklovi bekor qilindi

Prezident farmoni bilan jismoniy va yuridik shaxslar uchun avtomobil importidagi cheklovlar olib tashlandi. Shani gatori, 2029-yilgacha maxsus qurilish texnikalari importi bojxona bojidan ozod qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Qurilish sohasida natijador boshqaruvni joriy etish va tarmoqda davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Hujjat bilan ham avtotransport importi, ham qurilish tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim yangiliklar joriy etilmoqda.

Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan G‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy tehnik reglamentga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan import qilinadigan avtomobillarga muvofiqlik sertifikati berishdagi “yiliga bir dona transport vositasi” degan cheklov normasi bekor qilindi. Shu tariqa, endilikda xorijdan avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta mashina” qoidasi amal qilmaydi.

Qurilish texnikasi importi uchun bojxona imtiyozlari Bundan tashqari, hujjatda qurilish sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar belgilangan. 2029-yil 1-iyulga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan hamda qurilish ishlarida foydalaniladigan quyidagi vositalar bojxona bojidan ozod etiladi:

  • Maxsus qurilish mashinalari (texnikalari);

  • Laboratoriya uskunalari;

  • Instrumental asbob-uskunalar.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur bojxona imtiyozi qollaniladigan maxsus texnika va uskunalarning aniq ro‘yxatini tasdiqlashi belgilangan.