Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Administratsiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich xalqaro investorlar tomonidan mamlakatga bo‘lgan ishonchning muhim belgisidir.
Mamlakatning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida Saida Mirziyoyeva xalqaro sheriklar bilan faol hamkorlik to‘xtovsiz davom ettirilishini qayd etdi.
Hukumat oldiga katta iqtisodiy vazifa qo‘yilgan: 2030-yilga borib O‘zbekistonning xalqaro reytingini “investitsiyaviy” darajaga olib chiqish strategik maqsad etib belgilangan. Bu ko‘rsatkich kelgusida xorijdan yanada arzonroq sarmoyalarni jalb qilish imkonini beradi.




