Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Qozog‘istonda xususiy klinikadagi jarrohlik amaliyoti fojia bilan tugadi

Qozog‘istonda xususiy klinikadagi jarrohlik amaliyoti fojia bilan tugadi

Olmaotada 53 yoshli taniqli bloger va tadbirkor Saule Bazarxan xususiy klinikada o‘tkazilgan liposaksiya amaliyotidan so‘ng vafot etdi. Politsiya jinoiy ish ochdi.

Olmaotadagi plastik xirurgiya markazida yuz bergan halokatli voqea sababli jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Smart Beauty Clinic shifokorlari tomonidan o‘tkazilgan liposaksiya amaliyoti 53 yoshli tadbirkor hamda ko‘p ming kishilik auditoriyaga ega bloger Saule Bazarxanning o‘limiga sabab bo‘ldi. Shahar politsiya departamenti ushbu holat bo‘yicha rasmiy surishtiruv ishlari boshlanganini va tibbiyot muassasasida tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Shifoxona rahbariyati esa yuz bergan hodisaga izoh berishdan bosh tortib, buni shifokorlik siri bilan xanuzgacha xaspo‘shlamoqda.

Yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, oddiy va xavfsiz ko‘ringan yog‘ oldirish jarayoni atigi 60 yoki 90 daqiqa davom etishi kerak edi. Ammo operatsiya xonasidan uzoq vaqt davomida hech qanday xabar chiqmagan, tibbiyot xodimlari esa mijozning ahvolini oilasidan yashirib kelishgan. Marhumaning qizi onasi qariyb 3 soat davomida qarovsiz qoldirilgani va tez yordam xizmati ham juda kech chaqirilgani haqida bayonot berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonansga sabab bo‘lgan ushbu fojia yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish