O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Yangi aeroport ishga tushgach Toshkentning amaldagi havo darvozasi yopilishi mumkin

Yangi aeroport ishga tushgach Toshkentning amaldagi havo darvozasi yopilishi mumkin

Transport vazirligi yangi aeroport qurilishi munosabati bilan Toshkent aeroporti yopilishi mumkinligini tasdiqladi. Amaldagi havo darvozasi 2029-yilgacha o‘z imkoniyatlarini tugatadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra hozirgi aeroportning yo‘lovchi oqimini qabul qilish imkoniyatlari 2029-yilga borib o‘z nihoyasiga yetadi. Shu sababli Toshkentda kamida ikki baravar ko‘proq quvvatga ega bo‘lgan yangi aviatsiya xabini barpo etish choralari ko‘rilmoqda.

Vazir o‘rinbosari yangi aeroport qurilishi bo‘yicha xususiy sherik bilan tuzilgan kelishuv shartlariga to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra poytaxtda yangi havo darvozasi ochilishi bilan eski ob’ektni yopish ko‘zda tutilgan.

Bu iqtisodiy va logistik jihatdan mantiqiy qaror ekanligi ta’kidlandi. Hozircha amaldagi aeroport o‘rnida kelajakda nima qurilishi yoki bu hududdan qanday maqsadda foydalanilishi bo‘yicha aniq rejalar mavjud emas.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish