Po‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyotMaktablarda dutor, doira va raqs to‘garaklari ochiladiJamiyatQashqadaryoning baland tog‘li hududlarida birinchi qor yog‘diJamiyatFarg‘onada ko‘p qavatli uy erto‘lasida akulali basseyn barpo etilgani aniqlandiJamiyat

Maxsus texnika importi uchun bojlar bekor qilinadi

Maxsus texnika importi uchun bojlar bekor qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev soha vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotda tadbirkorlarning texnika importi bilan bog‘liq muammolarini tingladi.

Xususan, Lux City Houses korxonasi rahbari Vohidjon Mirzayev mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan texnikalarni olib kirishda utilizatsiya yig‘imi va bojxona to‘lovlari yukini kamaytirish qurilish tannarxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Davlat rahbari ushbu taklifni ma’qullab, mutasaddi idoralarga tegishli qaror loyihasini tayyorlashni topshirdi.

Prezidentning ko‘rsatmasiga ko‘ra, yaqin orada mahalliy ishlab chiqarishda mavjud bo‘lmagan texnikalar ro‘yxati shakllantiriladi va ularga nisbatan bojlar pasaytiriladi yoki butunlay bekor qilinadi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatovning qayd etishicha, sohadagi texnikalarning aksariyati ma’nan eskirgan va 2017-yilda berilgan imtiyozli davrdan so‘ng parkni yangilash ehtiyoji yuzaga kelgan.

Yangi tartib tadbirkorlarga Shaffof qurilish tizimida yuqori ball olish va davlat obektlari qurilishida zamonaviy texnologiyalar bilan faolroq ishtirok etish imkonini beradi.