O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Yevropada o‘ta anomal jazirama oqibatida 1300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Yevropada o‘ta anomal jazirama oqibatida 1300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

JSST rahbari Yevropada 21-iyundan buyon anomal jazirama tufayli 1300 dan ortiq o‘lim qayd etilganini ma’lum qildi. Germaniya va Chexiyada harorat rekordlari yangilandi.

Mutaxassislar jaziramani “sokin qotil” deb atashmoqda, zero Yevropadagi aksariyat uylar, maktab va ofis binolari bunday ekstremal haroratga moslashgan infratuzilmaga ega emas.

Fransiyada 24-iyun sanasidan buyon o‘lim ko‘rsatkichlari kutilgan statistik me’yordan qariyb 1000 taga ko‘paygan. Uy sharoitida vafot etganlar soni 40 foizga oshgan bo‘lib, qurbonlarning katta qismini 65 va undan yuqori yoshdagi qariyalar tashkil etmoqda. JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Yer yuzidagi eng tez isiyotgan qit’a hisoblanadi va bu yerda harorat global o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar tez ko‘tarilmoqda. Jazirama boshlanganidan beri fransuzlar orasida fojiali cho‘kish holatlari ham ko‘paygan — kamida 74 kishi daryo va ko‘llar kabi nazoratsiz suv havzalarida cho‘kib halok bo‘lgan.

Shu bilan birga, Germaniya, Polsha va Chexiyada mutloq ob-havo rekordlari yangilandi. Germaniyada atigi 48 soat ichida uch marta harorat rekordi qayd etilib, Brandenburgda havo harorati 41,7 darajagacha yetdi. Chexiyaning Doksany shahrida 41,1 daraja issiq kuzatilgan bo‘lsa, Polshaning Slubitse shahri 40,5 daraja ko‘rsatkich bilan o‘z tarixidagi eng yuqori haroratni yangiladi. Ushbu anomal vaziyat tufayli Niderlandiyada mashhur Defqon.1 musiqa festivali bekor qilindi, Parij hukumati esa ko‘chalarda alkogol ichishni taqiqlab qo‘ydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, global isish sababli ilgari kamdan-kam kuzatiladigan bunday tabiiy ofatlar endilikda har yili takrorlanadigan tus olmoqda.