So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Yaponiyada aholi soni rekord darajada qisqardi

Yaponiyada aholi soni rekord darajada qisqardi

Yaponiyada aholi soni 123 million kishiga tushdi va 2020 yilga nisbatan 3 millionga qisqardi. Tokiodan tashqari barcha hududlarda aholi kamaymoqda.

Mainichi nashri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich 2020 yildagi raqamlar bilan solishtirilganda jami aholining 3.09 million nafarga kamayganini ko‘rsatmoqda. Yaponiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan rəsmiy hisobotda qayd etilishicha 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra kunchiqar yurtning doimiy istiqomat qiluvchi aholisi xorijlik fuqarolarni ham qo‘shib hisoblaganda 123 million 49 ming 524 kishini tashkil etdi. Bu esa besh yil oldingi ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 2.5 foizli pasayish demakdir.

Ushbu salbiy demografik jarayonlar fonida aholi sonining o‘sishi faqatgina Tokio va Okinava prefekturalarida qayd etilgan xolos, mamlakatning qolgan barcha hududlarida esa odamlar sonining barqaror qisqarishi kuzatilmoqda.

Hozirgi kunda Yaponiya poytaxti va uning atrofidagi megapolis hududida qariyb 37 million kishi hayot kechirmoqda, bu butun mamlakat umumiy aholisining 30.1 foizi aynan bitta shaharda to‘planganidan dalolat beradi. Yaponiyada jami aholi sonining kamayishi 2015 yilda o‘tkazilgan umummilliy ro‘yxatga olish jarayonidan buyon ketma ket uchinchi marta rasman qayd etilmoqda va bu ko‘rsatkichlar kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori hamda xavotirli pasayish bo‘lib turibdi. Hukumat vakillari yuzaga kelgan ushbu vaziyatni mamlakatda tug‘ilish darajasining juda pastligi va keksalar sonining shiddat bilan ortib borayotgani bilan izohlamoqda. Vazirlik ekspertlari ushbu salbiy tendensiya kelgusi yillarda ham o‘zgarmasdan saqlanib qolishini prognoz qilmoqda.

Dastlabki iqtisodiy va ijtimoiy hisob kitoblarga ko‘ra 2025 yilda Yaponiyada taxminan 706 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan bo‘lib, bu raqamlar 2024 yilgi ko‘rsatkichlardan ham 2.1 foizga kamroqdir. Shu tariqa mamlakatda tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayishi ketma ket o‘ninchi yildirki davom etib kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2024 yil yakunlariga ko‘ra Yaponiyada aholining tabiiy kamayishi, ya’ni vafot etganlar va tug‘ilganlar o‘rtasidagi farq 900 ming kishidan oshib ketgan edi. Mamlakat aholisining qisqarish jarayoni uzluksiz ravishda 16 yildan buyon davom etmoqda va bu holat 1968 yilda davlat tomonidan tizimli demografik kuzatuvlar boshlanganidan buyon eng yuqori antirekord ko‘rsatkich sifatida tarixga kirdi.