Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Yanagihayot va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti uch kunga o‘chiriladi — Hududgazta’minot

Yanagihayot va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti uch kunga o‘chiriladi — Hududgazta’minot

Toshkentning Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi 30 dan ortiq mahallada 12-avgustdan 15-avgustgacha gaz ta’minoti uch kunga o‘chiriladi. Bunga gaz taqsimlash punkt va quvurlarini almashtirish ishlari sabab bo‘ladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Sohakommutatorlari ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar Yangihayot tumani «Tashabbus» mahallasi Sergeli-5A massivida joylashgan eski gaz taqsimlash punktini hamda ushbu hududiy hududdagi yer osti gaz quvurini yangisiga almashtirish ishlarini olib boradi.

Shu munosabat bilan 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust soat 17:00 ga qadar quyidagi hududlarda tabiiy gaz uzatish to‘xtatiladi:

  • Yangihayot tumani: «Yoldosh», «Mash’al», «Olchazor», «Xushnud», «Navqiron», «Yorqin hayot», «Charog‘on», «Chorbog‘», «Viqor», «Al-Farg‘oniy», «Do‘stlik», «Iqbol», «Toshkent», «Fayzli» va «Chortoq» mahallalaridagi hovli xonadonlar, ko‘p qavatli uylar va ulgurji iste’molchilar;

  • Sergeli tumani: «Mehrigiyo», «O‘zgarish», «Habibiy», «Madadkor», «Ziynat», «Ezgulik», «Yangi Sergeli», «Sohibqiron», «Sofdil», «Sug‘diyona», «Ittifoq», «Nilufar», «Saxovat», «Qipchoq», «Qut-baraka» va «Daryo bo‘yi» mahallalaridagi hovli xonadonlar, ko‘p qavatli uylar va ulgurji iste’molchilar.

Ta’mirlash va sozlash ishlari yakunlangach, hududlarga gaz uzatish qayta tiklanadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish