O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Xususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldi

Xususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldi

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi barcha xususiy maktablar, bog‘chalar va o‘quv kurslari onlayn translyatsiya hamda ovoz yozish funksiyasiga ega videokameralar o‘rnatishi shart.

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi barcha nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z binolarini onlayn translyatsiya qilish va ovoz yozish funksiyasiga ega bo‘lgan videokuzatuv kameralari bilan jihozlashlari shart. Ushbu talab mamlakatda faoliyat yuritayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan barcha xususiy o‘quv muassasalari — maktablar, bog‘chalar va o‘quv kurslariga birdek taalluqlidir.

Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori bilan mustahkamlab qo‘yildi. Hujjatga muvofiq, olingan video va audioyozuvlar kamida olti oy davomida saqlanishi kerak. Talabning banalirilishini hamda tizimlarning uzluksiz ishlashini nazorat qilish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) tomonidan amalga oshiriladi.

Javobgarlik choralari: Videokuzatuv tizimiga oid talablarning buzilishi litsenziya shartlarini bajarishdan bo‘yin tovlash deb baholanadi. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga asosan, bu holat ta’lim faoliyatini yuritish huquqini beruvchi litsenziyaning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.

Yangi tartib mamlakatdagi ta’lim muassasalarida xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlarning bir qismidir. Avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bir nechta davlat maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qiluvchi “aqlli” kameralar eksperiment tariqasida sinovdan o‘tkazilgan edi. Vazirlik axborotiga ko‘ra, bunday kameralar bolalar xavfsizligini ta’minlash bilan birga, ota-onalar va rahbariyat uchun qo‘shimcha nazorat vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilning may oyi holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 551 ta xususiy maktab faoliyat ko‘rsatmoqda.